OLIY TA’LIMDA PEDAGOGIK YONDASHUVLARNI TRANSFORMATSIYA QILISHDA SUN’IY INTELLEKTNING O‘RNI: QARSHILIKDAN TIZIMLI INTEGRATSIYAGACHA
Qabul qilingan: 2026-07-17 16:21:58
Nashr etilgan: 2026-04-18
Annotatsiya
Mazkur maqola sun’iy intellektning ta’lim muhitiga jadal kirib kelishi sharoitida pedagogik yondashuvlarning transformatsiyasini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Oliy ta’lim o‘qituvchilari e’tiborga olishlari lozim bo‘lgan asosiy jihatlar, jumladan, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga tizimli integratsiya qilish masalalari ko‘rib chiqilgan. Talabalarning metakognitiv ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda sun’iy intellektdan foydalanishning axloqiy jihatlarini tushunishiga alohida e’tibor qaratilgan. Maqolaning empirik qismida Westminster International University in Tashkent (WIUT)ning 177 nafar talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari hamda mualliflarning “Dasturlashga kirish” (Python) fanida sun’iy intellektdan foydalangan holda tizimli topshiriqlarni joriy etish bo‘yicha tavsiyalari keltirilgan. Dasturlash asoslarini o‘qitish jarayoniga sun’iy intellektni bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha mualliflik konsepsiyasi taqdim etilgan bo‘lib, u asosiy bilimlarni egallash bilan birga tanqidiy fikrlashni rivojlantirish imkonini beradi. Maqola umumiy xulosalar va o‘qituvchilar uchun amaliy tavsiyalar bilan yakunlanadi.
Kalit so'zlar
Adabiyotlar ro'yxati
Mualliflar haqida
License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
