LATE DUMPING SYNDROME AND POSTPRANDIAL HYPOGLYCEMIA IN A CHILD AFTER ESOPHAGECTOMY: A CASE REPORT
Published: 2026-04-18
Abstract
Demping-sindrom (DS) oshqozon-ichak traktining yuqori bo‘limlarida amalga oshirilgan jarrohlik amaliyotlaridan keyin oshqozondagi giperosmolyar tarkibning ingichka ichakka tezlashgan holda o‘tishi natijasida yuzaga keladigan operatsiyadan keyingi funksional-metabolik buzilishdir (Al-Jafari et al., 2023). Kechki demping-sindrom uglevodlarning ingichka ichakka tez tushishiga nisbatan ortiqcha insulin javobi oqibatida postprandial uglevod almashinuvining yaqqol buzilishi va gipoglikemiya rivojlanishi bilan kechadi. Sindrom katta yoshli bemorlarda yetarlicha batafsil o‘rganilganiga qaramay, pediatriya amaliyotida DS nisbatan kam uchraydigan va yetarli darajada tashxis qilinmaydigan holat bo‘lib qolmoqda (Dellaportas et al., 2025). Ayniqsa, ezofagektomiyadan keyin bolalarda DS rivojlanishi haqidagi ma’lumotlar cheklangan bo‘lib, jahon adabiyotida asosan alohida klinik kuzatuvlar va kichik holatlar seriyasi keltirilgan (Garritano et al., 2017; Saleem et al., 2020). Shu bilan birga, bolalarda ushbu holat alohida klinik ahamiyatga ega, chunki takroriy gipoglikemiya epizodlari neyrokognitiv rivojlanish va hayot sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
